Sayt test rejimida ishlamoqda

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10-dekabr 2023-yil
image

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!

_____

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,

Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

 

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!

Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

 

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu