Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta medalni qo'lga kiritdi

9-dekabr 2023-yil
image

O‘zbekiston terma jamoasi Tailand davlatida o'tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo'lga kiritdi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o’tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o'quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo’yicha  bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o'tkazildi, unda o'quvchilarimiz eng yaxshi natija qayd etgan davlatlar qatoridan joy olishdi!

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Rahimov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - KUMUSH medal;

Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - KUMUSH medal;

Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi - KUMUSH medal;

Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi - BRONZA medal;

Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi - BRONZA medal;

19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo'lga kiritilgan edi.

 

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu