Sayt test rejimida ishlamoqda

Malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir navbatdagi test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

6-dekabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir navbatdagi test jarayonlari davom etmoqda.

Bugun butun Respublika bo'ylab ushbu test jarayonlari tashkil etilgan. Unda 5000 nafarga yaqin pedagog kadrlar qatnashishmoqda.

Eslatib o'tamiz, sinov jarayonlari 2 bosqichda, mutaxassislik fani va kasbiy standartlar bo‘yicha 40 ta test savollari va pedagogik mahorati bo‘yicha 10 savol- topshiriqdan iborat.

Fotosuratlarda Toshkent viloyatidagi maktablarda faoliyat yurituvchi pedagoglar uchun test jarayonlari aks etgan. Unda 450 nafarga yaqin o'qituvchilar ishtirok etishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu