Sayt test rejimida ishlamoqda

“Tong yulduzi” gazetasi tahririyati inson huquqlari targ’ibotidagi faoliyati uchun taqdirlandi

5-dekabr 2023-yil
image

Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan "Inson huquqlari o‘n kunligi" doirasida o‘tkazildi.

Unda 5 ta nominatsiya bo’yicha  16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi.

Xususan, inson huquqlari targ‘iboti bo‘yicha faoliyati uchun “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Gazeta tahririyatini ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu