Sayt test rejimida ishlamoqda

''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

4-dekabr 2023-yil
image

2023-yil 2-3-dekabr kunlari Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida ''Quvnoq startlar'' sport musobaqasining final bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston ''Yoshlik'' jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyat va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin — Toshkent shahri;

2-o‘rin — Jizzax viloyati;

3-o‘rin — Buxoro viloyati jamoalari egalladi.

Taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, ''Yoshlik'' JTSJ Markaziy kengashi mas'ullari tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, medal, ramziy kubok va esdalik sovg‘alari  topshirildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu