Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktab direktori o'rinbosari diagnostika testlarida ishtirok etadimi?

4-dekabr 2023-yil
image

Men Andijondagi maktabda direktor o'rinbosari bo’lib ishlayman. Joriy yil 4-15-dekabr kunlari diagnostika testlari o'tkazilar ekan. Unda men ham ishtirok etamanmi? 

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshirishadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi  540-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etiladigan diagnostika testlarida quyidagi toifadagi pedagog xodimlar ishtirok etmaydi:

➖ Maktab direktori;

➖ Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;

➖ Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;

➖ Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;

➖ Maktabda dars berayotgan talabalar;

➖ Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari

➖ Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.

CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testga jalb etiladi.

Maktabning rahbar xodimlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqalar ...) agarda o‘zlarining mutaxassislik fani bo‘yicha dars soatlari mavjud bo‘lganda ular ham amalda dars o‘tadigan fanlari bo‘yicha diagnostikadan o‘tishlari kerak.

Diagnostika jarayonlari haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 55-508-0667  (1) call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollar uchun mas’ullar biriktirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu