Sayt test rejimida ishlamoqda

“Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

2-dekabr 2023-yil
image

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi doirasida ”Raqamli avlod IT Fest” haftaligi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov so‘zga chiqib, ochib berdi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova g‘oliblarni samimiy tabriklab, esdalik sovg‘alari topshirdi.

Raqamli avlod IT haftaligi doirasida hakaton, DG contest va Robototexnika musobaqаlari doimiy o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, yildan-yilga unda ishtirok etayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu