Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan” IT konferensiyasi bo'lib o'tmoqda

2-dekabr 2023-yil
image

Konferensiyada Microsoft kompaniyasida ko’p yillar davomida faoliyat yuritgan va hozirgi kunda ham ishlab kelayotgan xorijlik va mahalliy IT mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar ham o'tkazilmoqda.

Jumladan,

Microsoft kompaniyasi hamjamiyat yaratuvchisi Martin Tatar - Microsoft hamjamiyati lider dasturlari mavzusida;

Besh yil davomida Microsoftda Muhandislik menejeri sifatida ishlagan Hassan Habib – Tizim dizayni va arxitekturasida zamonaviy naqshlar mavzusi;

Microsoftda Dasturlash muhandisi Vlad Ten – “Toshkentdan Microsoftgacha bo’lgan davrga sayohat” mavzusidagi ma’ruzalar qilishmoqda.

Yig‘ilganlar IT sohasiga doir yangi bilimlar olish, o‘zaro netvorkingni kuchaytirish va Microsoft kompaniyalaridagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu