Sayt test rejimida ishlamoqda

UNESKOning “Toshkent+1” shtab-kvartirasida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

1-dekabr 2023-yil
image

Yig‘ilish avvalida UNESCO Bosh direktori o‘rinbosari Stefaniya Jannini O‘zbekistonning maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasidagi harakatlarini yuqori baholadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova soʻzga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi va 2022-yil noyabr oyida Toshkent shahrida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi loyihasini hayotga tatbiq etishda koʻrsatgan yordami uchun barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi.

Vazir nutqidan so‘ng, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin sohada amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berib o'tdi.

Ma'lumot uchun, Toshkent deklaratsiyasining 4 ta ustuvor yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

Hamma uchun teng inklyuziv va sifatli xizmatlar (mavjudlik va qamrov);

Yosh bolalarni tarbiyalash va o'qitish uchun kadrlar (o'qituvchining imijini oshirish);

Ta’limda innovatsiyalar va raqamlashtirish;

Siyosat, moliyalashtirish va boshqaruv.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu