Sayt test rejimida ishlamoqda

NAMANGANDA “HUQUQIY-MA’RIFIY BILIMDON”  IJODIY KO‘RIK-TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA

6-dekabr 2023-yil
image

Ayni vaqtda Namangan shahrida Konstitutsiyaning muhim jihatlarini o‘quvchilarga bolaligidan boshlab o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon”  ijodiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirok etdi.

Davlatobod tumanidagi “Yangi Ziyo maskani”da  ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan mazkur tanlovda jami 14 ta jamoada 98 nafar o‘quvchi-yoshlar bahs olib bormoqdalar.

Bellashuv mobaynida jamoalar tasviriy san’at, insho, mening huquq va majburiyatlarim sharti doirasida 25 ta test, huquqiy bilimdonlik bahsida 3 ta savoldan iborat biletga javob berish va sahna ko‘rinishi kabi vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda jarayonlar davom etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu