Sayt test rejimida ishlamoqda

Dzyudo sport turidan "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" bo‘lib o‘tdi

18-sentabr 2023-yil
image

O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan Andijon viloyati Asaka tumanida 16-18-sentabr kunlari Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari  o‘rtasida sportning Dzyudo turidan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan yosh sporchilar  o‘z vazn toifalari bo‘yicha bellashishdi.

Umumjamoa hisobi bo‘yicha yakuniy natijalar:

1-o‘rin Toshkent viloyati

2-o‘rin Andijon viloyati

3-o‘rin Samarqand viloyati

3-o‘rin Xorazm viloyati egallashdilar.

G'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi  tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu