Sayt test rejimida ishlamoqda

Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda

5-dekabr 2023-yil
image

Xabar qilinganidek, bugun kunning ikkinchi yarmida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir navbatdagi test jarayonlari o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 250 nafarga yaqin maktab o‘qituvchilari onlayn shaklda jami 25 ta fandan va 2 ta variantda shakllantirilgan test sinovlarini topshirishdi. Ya’ni, sinov jarayonlari 40 ta mutaxassislik fanidan hamda 10 ta pedagogik mahoratni aniqlashga xizmat qiluvchi testlardan iborat.

Bo‘lib o‘tayotgan tajriba-sinov ishlaridan asosiy maqsad, malaka sinovi materiallarining formati, baholash mezonlari, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yorlari hamda boshqa muhim jihatlarini yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklar asosida malaka test jarayonlarini sifatli tashkil etishdan iboratdir.

Mazkur jarayonlarda ishtirok etgan pedagoglarning olgan natijalari ularning malaka toifalari yoki lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqishga ta’sir qilmaydi. Ushbu natijalar test topshiriqlarini yanada takomillashtirish va tahlil etishda foydalaniladi.

Tajriba-sinov test savollari va pedagogik mahorat bo‘yicha nazorat materiallari xorijiy mamlakatlar, xususan Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur kabi davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi. Hozirda Birlashgan Arab Amirliklari bilan bu borada keng hamkorlik olib borilmoqda.

Tajriba-sinov o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 7-dekabriga qadar tanlab olingan tuman va shahar (Andijon shahri, Paxtaobod, Qorao‘zak, Olot, Baxmal, G‘allaorol, Qamashi, Chiroqchi, Konimex, Yangi Namangan, Urgut, Boysun, Sherobod, Sayxunobod, Sirdaryo, Bo‘ka, Ohangaron, Oltiariq, Hazorasp)lardagi pedagoglar ishtirokida davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu