Sayt test rejimida ishlamoqda

Bolalar o‘rtasida kiberjinoyatchilik xavfining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari olib boriladi

24-noyabr 2023-yil
image

Bugun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamkorligida “Internet tarmog‘ida bolalar va yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etishini oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bolalar huquqlari bo‘yicha vakili, YXHT, Bosh prokuratura, ichki ishlar organlari, bolalar ombudsmani hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi.

Davra suhbati doirasida mutaxassislar bolalar va yoshlar o‘rtasida, xususan, internet tarmog‘ida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qonunchilik va amaliyotni o‘rganish, bu boradagi xalqaro mexanizm va standartlarni taqdim etish, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kiberjinoyatchilikka jalb etilishning oldini olish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir so‘ngida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari xodimlarini jabrlangan bolalarni aniqlash usullariga o‘qitish tizimini ishlab chiqish tavsiya etildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazib, profilaktika tadbirlari o‘tkazishning kuchaytirilishi belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu