Sayt test rejimida ishlamoqda

Bir guruh direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga malaka oshirish uchun jo‘nab ketishdi

19-noyabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Bugun ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirish uchun jo‘nab ketishdi. 

Gʻoliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi.

Jarayonlar haqida rasmiy sahifalarimizda yoritib boramiz. Bizni kuzatib boring.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu