Sayt test rejimida ishlamoqda

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Sankt-Peterburgda o‘tgan futbol musobaqasida g‘olib bo‘ldilar

12-noyabr 2023-yil
image

Joriy yilning 7-13-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida BRICS+ mamlakatlarining V xalqaro munisipal Forumi doirasida sport-madaniy Kongressi bo‘lib o‘tayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. 

“Dobrodushnыye” bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya fondi tomonidan tashkil etilgan mazkur kongress doirasida 11-12 yoshli futbol jamoalar qatorida A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib g‘alaba qozondilar.

Yosh futbolchilar musobaqaning final baxsida Moriupal jamoasini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etib, mazkur musobaqaning mutloq g‘olibiga aylanishdi.  

Gʻalaba muborak bolalar!!!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu