Sayt test rejimida ishlamoqda

Xorijiy davlatlarning chet tili fani o‘qituvchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi

14-noyabr 2023-yil
image

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida xorijiy davlatlardan respublikamizdagi umumta’lim maktablariga jalb qilingan chet tili fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, AQSH, Xitoy Xalq Respublikasi, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, YUNESKO, YUNISEF, USAID, Britaniya kengashi, Fransiya alyansi, Gyote instituti mutaxassislari hamda xorijiy davlatlardan jalb etilgan chet tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

“Ta’limga sarmoya — kelajakka sarmoya” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy hamkorlar va chet tili fani o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator takliflar o‘rtaga tashlandi. 

 Tadbirda ta’kidlaganidek, hozirga vaqtda yurtimizdagi mavjud umumta’lim maktablarining:
9 924 tasida ingliz tili (6 mln 98 ming 862 nafar o‘quvchi);
901 tasida nemis tili (2 mln 661 nafar o‘quvchi);
581 tasida fransuz tili (133 ming 475 nafar o‘quvchi) chet tili fanlari sifatida o‘qitiladi.

Ayni vaqtda yurtimizdagi ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilingan. Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tmoqda. 

Shuningdek, mahalliy o‘qituvchilar uchun “Mahorat darslari” va turli seminarlar tashkil etib kelmoqda.

Uchrashuv doirasida soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitishni yanada kengaytirish va o‘quvchilarni dunyo tan olgan tillarni o‘rganishga yanada kengroq jalb etishga doir bildirilgan fikr va mulohazalar, qator takliflar ishtirokchilar tomonidan keng muhokama etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu