Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Turkiyada o‘tkazilgan “XV International Olympiad in Antaliya-2023”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

15-noyabr 2023-yil
image

 

Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi 300-maktabining “Kichik akademiya”si iqtidorli o‘quvchilari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan “XV International Olympiad in Antaliya-2023”da ishtirok etib, faxrli o‘rin va medallar bilan yurtimizga qaytdi. 

Matematikadan 100 dan 100 ball to‘play olgan 8-sinf o‘quvchisi Saidkamol Murodillayev 1-o‘rin, ingliz tilidan 2-o‘rin, turk tilidan 11-sinf o‘quvchisi Mahliyo Omonillayeva 2-o‘rin, ingliz tili fanidan 8-sinf o‘quvchisi Toxir Elboyev 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek,  Sarvinoz Nig‘matova “Miss Olimpiada”, Abdulloh Abdushukurov “Mister Olimpiada” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Jamoa esa "Shon-shuhrat kubogi”ga, Olympiad Festival "Friendship of Nations", “Eng zo‘r milliy libos” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi. 

XV Xalqaro fan olimpiadasida "Eng zo‘r jamoa rahbari" nominatsiyasi bo‘yicha maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori Malika Abdullayeva taqdirlandi. 

Maktab jamoasini qo‘rga kiritilgan ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu