Sayt test rejimida ishlamoqda

Respublikaning barcha hududlari kesimida namunali maktablar reytingi shakllantirildi

15-iyun 2023-yil
image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʻlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qaroriga asosan respublikaning barcha hududlari kesimida namunali maktablar reytingini shakllantirish va e’lon qilib borish vazifasi belgilangan.

Reyting doirasida har o‘quv yili yakunida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha baholanib «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratildi.

2021-2022-o‘quv yili yakuni bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 1526 ta maktab “qizil, 3652 ta maktab “sariq” va 4881 ta maktab “yashil” toifaga kiritilgan.

O‘tgan bir yil vaqt davomida «qizil» toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan zarur choralar natijasida 2022-2023-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra 71 ta maktab “qizil”, 3356 ta maktab “sariq” va 6425 ta maktab yashil” deb topilgan.

Mazkur umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, direktor o‘rinbosarlari, sinf rahbarlarning vazifalarini aniq belgilash va natijadorlikka erishish maqsadida ularning faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. 

Ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda mahalladagi “yettilik” bilan faol hamkorlikda maktablarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu