Sayt test rejimida ishlamoqda

Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari malaka  oshirishdi

9-noyabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan hamkorlikda matematika va kimyo fanidan o‘quv seminarlari tashkil etildi. 

Unda ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarda faoliyat olib boruvchi 50 nafar matematika va kimyo o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 

Mashg‘ulotlar Sankt-Peterburg davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Anna Mochkina va Nikita Semeniuk tomonidan olib borildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu