Sayt test rejimida ishlamoqda

“O‘quvchilar kuzgi ta’tilni qanday o‘tkazmoqda?!” mavzusida press-tur tashkil etildi

8-noyabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘quvchilar kuzgi ta’tilni qanday o‘tkazmoqda?!” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Unda vazirlik mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Press-tur doirasida qatnashchilar uchun Shayxontohur tuman ”Barkamol avlod” bolalar maktabi misolida:

– mazkur maktablardagi to‘garaklar faoliyati bilan tanishuv,
– iqtidorli o‘quvchilar ishtirokidagi konsert dasturlari,
– "Barkamol avlod" bolalar maktablari o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan eng yaxshi ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda Respublikamiz bo‘ylab 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Unda 10 642 ta to‘garakka 312 463 nafar o‘quvchi-yoshlar jalb etilgan

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu