Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

2-noyabr 2023-yil
image

Savol: Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida men ham qatnashsam bo‘ladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sifatini baholash, lisenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Javob: Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024-o‘quv yilida ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi.

Mazkur qaror izohining 7-bandida "Matematika va ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlaridan olingan sertifikatlar boshlang‘ich sinflardagi mutaxassislarning aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qilishi belgilangan.

Bunga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining ona tili va adabiyot fanidan olgan sertifikati ona tili va o‘qish savodxonligi soatlari uchun amal qiladi. 

Ushbu qarorda  Bilim va ko‘nikmalarni baholash agentligi tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan beriladigan Milliy Sertifikatlar uchun ustama to‘lashning eng kam miqdori sifatida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun 60 ball belgilab qo‘yilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu