Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

12-oktabr 2023-yil
image

Savol: Matematika fani o‘qituvchisiman. Malaka toifam birinchi. Yaqinda xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdim. Men ikkita maktabda ishlayman, soatbay ishlayotgan maktabimda ham sertifikat bo‘yicha oylik hisoblanadimi? 

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sifatini baholash, lisenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi. 

Javob: Joriy yilning 28-iyul kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-avgustdan boshlab ustama to‘lanadigan Sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. 

Mazkur qarorga muvofiq, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umuta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarga (shu jumladan soatbay va o‘rindosh) har oylik ustama to‘lab beriladi. 

Bunda, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ham asosiy, ham soatbay tarzda dars bersa, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikat uchun ularning barchasiga har oylik ustama to‘lovlari amalga oshiriladi.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, Sizga ikkala maktabdan ham belgilangan miqdorda ustama to‘lab beriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu