Sayt test rejimida ishlamoqda

eMaktab platformasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

12-oktabr 2023-yil
image

 

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida emaktab.uz tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda Respublikamizdagi 500 ta maktabda tajriba sinov tariqasida mezonlarga asoslangan yangicha baholash tizimining muvaffaqiyatli tatbiq etilgani haqida ma’lumot berildi. 

Yig‘ilish doirasida ERP va eMaktab platformalari o‘rtasidagi integratsiyasini yakunlash va o‘quvchilarning fanlar kesimida o‘zlashtirish tabelini elektron shaklga o‘tkazish masalalari ham muhokama qilindi. 

Shuningdek, eMaktab platformasida o‘qituvchilar uchun mezonlarga asoslangan baholash tizimi bo‘yicha onlayn kurs taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘nggida vazir tomonidan emaktab.uz platformasini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu