Sayt test rejimida ishlamoqda

Chekka va tog‘li hududlar uchun “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktabi tashkil etilmoqda

11-oktabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan  Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan"Mirzo Ulug‘bek" onlayn maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov va Jamg‘arma raisi  Oqil Salimov ishtirok etib, onlayn maktabning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritishdi.  

 Ma’lumot o‘rnida: onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olindi. Bular Jizzax viloyati, Forish tumani 7-sonli, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumani 62-sonli maktablardir.

Mazkur maktablarda yuqori sinf o‘qivchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha ta’lim olishadi. 

Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad Respublikaning chekka hududlari va tog‘li joylarda ta’lim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan so‘ng Respublikaning boshqa tog‘li va chekka hududlaridagi ta’lim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu