Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida delegatsiya vakillari vazirlikda bo‘lishdi

10-oktabr 2023-yil
image

Yevropa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida bilim va innovatsiyalar almashinuvi (KIX) tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Ta’limda global hamkorlik” loyihasi doirasida Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va Shvetsariya davlatlari delegatsiyalari vakillari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo‘lishdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, inklyuziv ta’lim bo‘yicha tajriba almashish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan iborat.

Uchrashuv avvalida vazir o‘rinbosari Dilshod Kenjayev O‘zbekistonda ta’lim tizimida, ayniqsa inklyuziv ta’limni irivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari vazirlik tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazida tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi” faoliyati hamda inklyuziv ta’limning Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-sonli maktab misolida o‘rganganligini ma’lum qilib, yurtimizda inklyuziv ta’lim jadal rivojlanib borayotganligini alohida e’tirof etishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu