Sayt test rejimida ishlamoqda

Asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda

10-oktabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash,  o‘quvchilarni fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishni va  qiziqishlarini oshirish,  kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan asosiy olimpiadaning II bosqichiga start berilmoqda.

Olimpiada barcha fanlardan test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi. Ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etadi.

Asosiy olimpiadaning II (tuman) bosqichi ishtirokchilariga omad tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu