Sayt test rejimida ishlamoqda

TA’LIM DARAJASI YUQORI BO‘LMAGAN MAKTABLARGA JALB ETILGAN O‘QITUVCHI-PEDAGOGLARNING MAXSUS USTAMALARINI TO‘LIQ TO‘LAB BERISH BO‘YICHA TOPSHIRIQ BERILDI!

12-aprel 2022-yil
image

Hozirgi kunda ayrim joylarda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarga belgilangan ustamalarni tayinlanishi turlicha talqin qilinib, byudjetga qaytarish lozimligi bo‘yicha xavotirli holatlar yuzaga kelayotgan edi.

 

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida hududiy xalq ta’limi va moliya organlariga Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining ko‘rsatmasi bilan tegishli topshiriqlar berilib, tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rish lozimligi belgilandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu