Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ustozimga” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

28-sentabr 2023-yil
image

1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Ustozimga” videoroliklar tanlovi nihoyasiga yetdi.

Tanlovga 100 dan ortiq ijodiy ishlar joylandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Facebook sahifasida jamoatchilik tomonidan eng ko‘p layk yiqqan quyidagi ijodiy ishlar:

1-o‘rin — Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 7-maktab o‘quvchilari - 335 ta ovoz bilan,

2-o‘rin — Toshkent viloyati, Parkent tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchilari - 301 ta ovoz bilan,

3-o‘rin — Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 51-maktabning 7-sinf o‘quvchilari - 240 ta ovoz bilan tanlov g‘olibi deb topildi.


Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin - monoblok;

2-o‘rin - kompyuter;

3-o‘rin - noutbuk bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar o‘z sovg‘alarini Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 2-"A" uyda joylashgan vazirlik binosidan olib ketishlari hamda ustozlariga taqdim etishlari mumkin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tanlovga befarq bo‘lmay, ustozlari uchun videorolik tayyorlagan barcha o‘quvchilarimizga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarimizni yaqinlashib kеlayotgan bayram bilan muborakbod etamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu