Sayt test rejimida ishlamoqda

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri 

29-sentabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan  “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur bayram tadbiri doirasida kunning birinchi qismida   ustoz-murabbiylarning “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Kunning ikkinchi qismida esa poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida bir guruh pedagoglar ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan bir guruj pedagoglar “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi. 

Shuningdek 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh pedagoglar davlat mukofoti bilan takdirlanishdi. 

Shundan so‘ng yurtimizda olib borilayotgan ta’lim islohotlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, sahna ko‘rinishi hamda tantanali konsert dasturi tashkil etildi. 

Konsert avvalida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi o‘qib eshittirildi. 

Tadbirda so‘nggi yillarda pedagog kadrlar uchun yurtimizda ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Jumladan:  

-pedagog xodimlarning ish haqi 2 bosqichda (2018-yil 1-sentabr va 2019-yil 1-yanvar) 1,5 baravarga oshirildi. 

-pedagog-xodimlar tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni keskin kamaytirildi.  

-joriy yilning 27 martida pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. 

-shuningdek, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 

Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu