Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent shahrida IT sohasi bilimdonlari uchun o'quv xakatoni o'tkaziladi

3-oktabr 2023-yil
image

Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkentda  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, xorijdagi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik bo‘yicha Federal agentligi “Vektor 4.0” (Rossotrudnichestvo) hamda Qozon federal universiteti tashabbusi bilan yurtimiz maktab o‘quvchilari uchun o‘quv xakatoni o‘tkaziladi.

Tadbirdan ko‘zlangan  maqsad maktab o‘quvchilari va abituriyentlarga telekommunikatsiya sohasida kelajak kasbini tanlashiga yordam berish hamda o‘quvchi-yoshlarning axborot kommunikatsiya sohasiga  qiziqishini yanada orttirishdan iborat.

Ushbu jarayonning tashkil qilinishi iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga telegram orqali javob olishi mumkin.

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://lomonosov-msu.ru/rus/event/8214/

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu