Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan inklyuziv ta'lim sohasida amalga oshirilgan ishlar

27-sentabr 2023-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yana-da takomillashtirish chora-chadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘quvchilarga teng shart-sharoitlar yaratish uchun, inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tuzilmasi tarkibida “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi bo‘limi” tashkil etildi.

2021-2022-o‘quv yilidan boshlab respublika bo‘yicha tajriba-sinov tariqasida 31 ta umumtaʼlim maktablari 46 ta inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularda 87 nafar, 4 ta korreksion maktabdagi 4 ta sinflarda 35 nafar bolalar taʼlimga jalb etildi. 

2022-2023-o‘quv yilida inklyuziv taʼlim joriy etilgan umumtaʼlim maktablari soni 195 taga yetib, ularda 504 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv taʼlimga qamrab olindi.

Tashkil etilgan inklyuziv sinflarda taʼlim olayotgan o‘quvchilarga 2021/22-o‘quv yilida 51 nafar, 2022-2023-o‘quv yilida esa 248 nafar pedagoglar biriktirildi.

Inklyuziv taʼlim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish va ko‘lamini kengaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 274-sonli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilida inklyuziv taʼlim joriy etilishi tavsiya etilgan 390 ta maktablarning qo‘shimcha ro‘yxati tasdiqlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, ota-onalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda respublikamizning barcha tuman va shaharlarda inklyuziv maktablar tashkil etildi.

Yangi o‘quv yilining 15 sentyabr holatiga kelib 208 ta tuman (shahar) larning 417 ta maktablarida inklyuziv sinflar tashkil etilib, unga ayni paytda 734 nafar o‘quvchilar qamrab olingan.

Inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladigan umumtaʼlim maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus o‘qituvchilari va amaliyotchi psixologlari uchun 7-21-avgust kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2023-2024-o‘quv yilida nklyuziv taʼlim joriy etilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining direktorlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va psixologlari uchun 72 soatga mo‘ljallangan maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Kurs davomida 1431 nafar pedagoglarning malakasi oshirildi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining sog‘lomlashtirilgan o‘quvchilarini inklyuziv taʼlimga yo‘naltirish maqsadida Toshkent shahridagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 101-, 102-, 106-sonli, Jizzax viloyatidagi 1-, 2-sonli, Samarqand viloyatidagi 61-sonli, Buxoro viloyatidagi 123-sonli va Navoiy viloyatidagi 25-sonli maktab-internatlarning 2034 nafar o‘quvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu