Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini e’lon qiladi!

24-sentabr 2023-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorlikda o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini ommalashtirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar  2023-yil 22-sentabrdan 29-sentabrga qadar tiltanlov_bot boti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va taqdimotlarini video formatda joylashtiradi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi,  25 mln. so‘m pul mukofoti;

2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;

3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

Tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga www.uzedu.uz veb-sayti orqali ega bo‘lishingiz hamda videotaqdimotlarni ''tiltanlov_bot'' yordamida yuborishingiz mumkin.

Tanlov nizomi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu