Sayt test rejimida ishlamoqda

BUXORO VA NAMANGANDAGI MAKTABLARGA KOMPYUTER JAMLANMALARI YETKAZILMOQDA

19-sentabr 2023-yil
image

Bugun zamonaviy kompyuter to‘plamlari va texnik vositalar ortilgan karvon Buxoroga yo‘l oldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tarqatilayotgan mazkur to‘plamlarda hududdagi 54 maktab uchun xarid qilingan kompyuter jamlanmalari mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, 2023-2024-o‘quv yilida viloyatda joylashgan jami 198 ta umumta’lim maktablari uchun so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter va texnik vositalar xarid qilingan. 

Bugunga qadar mazkur maktablarning 117 tasiga zamonaviy monobloklar, 27 tasiga  kompyuter to‘plamlari yetkazib berildi. 
Shuningdek, mazkur loyiha doirasida Namangan viloyatidagi 72 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 1152 dona kompyuter, 72 dona interaktiv doska, 72 dona proyektor, 72 dona kondisioner, 72 dona printer jihozlari topshirildi. 

O‘quv kompyuter sinflari to‘plamlaridan maktablarida chet tili va informatika fanlarini mukammal o‘rgatish uchun doimiy foydalanish ko‘zda tutilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu