Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO‘LISHADI

18-sentabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo‘lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun,  Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o‘tkazilayotgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
- Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
-  Yozma ish
- Suhbat

Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda. 

Gʻoliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o‘rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari ko‘zda tutilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu