Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi

9-sentabr 2023-yil
image

Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2022-2023-o‘quv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, olimpiada g‘oliblari, ularning o‘qituvchilari hamda hukumat vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Shvetsariya, Vengriya davlatlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadalarda 2 ta oltin, 1 ta kumush va 10 ta bronza, jami 13 ta  medallar qo‘lga kiritilib, o‘quvchilarimiz tomonidan tarixiy g‘alabalarga erishildi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilarimiz erishgan natijalar

Olimpiada nomi

O‘tkazilgan joyi va vaqti

O‘quvchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar

1

34-Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)

BAA, Al Ayn shahri

3-11-iyul kunlari

3 ta bronza medal

2

64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)

Yaponiya, Chibo shahri

5-13-iyul kunlari

3 ta bronza medal

3

53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)

Yaponiya, Tokio shahri

10-17-iyul kunlari

1 ta bronza medal

4

55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO)

Shvetsariya

16-25-iyul kunlari

2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal

 

5

35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)

Vengriya, Segad shahri

28-avgust – 4-sentabr kunlari

2 ta bronza medal

Ma’lumot uchun: 2022-yilda 6 ta medal, 2021-yilda 10 ta medal qo‘lga kiritilgan.

2021-yildagi natija bundan avvalgi eng yaxshi natija bo‘lgan, biroq, 2021-yilda pandemiya sababli  barcha olimpiadalar onlayn shaklda o‘tkazilib, o‘quvchilar faqat nazariy savollarga javob bergan hamda amaliy va tajriba-sinov topshiriqlari berilmagan.

So‘nggi marotaba 5 ta xalqaro olimpiada joriy yil kabi to‘liq an’anaviy shaklda 2019-yilda o‘tkazilgan va unda o‘quvchilar tomonidan 8 ta medal (2 ta kumush, 6 ta bronza) qo‘lga kiritilgan.

Bundan tashqari yil davomida o‘quvchilarimiz turli mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ham munosib ishtirok etishdi.

Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Kavkaz matematika olimpiadasi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi, Mendeleyev olimpiadasi hamda joriy yilda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi shular jumlasidandir. Mazkur olimpiadalarda o‘quvchilarimiz tomonidan 6 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza, jami 52 ta medallar qo‘lga kiritildi.

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilarimiz erishgan natijalar

Olimpiada nomi

O‘tkazilgan joyi va vaqti

O‘quvchilarimiz qo‘lga kiritgan medallar

1

Xalqaro Jautikov olimpiadasi

Qozog‘iston

1-10-fevral 2023

5 ta kumush, 8 ta bronza medali

2

Kavkaz matematika olimpiadasi

Adigeya Respublikasi

10-11-mart, 2023

5 ta kumush, 3 ta bronza medali

3

Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi

Qozog‘iston, Ostona shahri

1-6-may, 2023

2 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza medali

4

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi

Xitoy

21 may, 2023

1 ta bronza medali

5

Xalqaro matematika musobaqasi

Bolgariya

3-4-iyul, 2023

1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal

 

6

Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

O‘zbekiston, Xiva shahri

11-17-iyun, 2023

3 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medali

Ma’lumot uchun: o‘tgan o‘quv yili o‘quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida 3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza, jami 39 ta medalni qo‘lga kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq nufuzli xalqaro olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m); kumush medalь uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m), bronza medalь uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu