Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ulug‘bek” jamg‘armasida maktab ta’limi rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

6-sentabr 2023-yil
image

“Ulug‘bek” jamg‘armasida maktab ta’limi rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Bugun Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan “Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektorda berilgan vazifalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. 

“Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov boshchiligida tashkil etilgan davra suhbatida yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, sifatli ta’limni amalga oshirish va yuqori natijalarga erishishda soha mutaxassislari oldidagi vazifalar muhokama etildi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev bugungi kunda maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar nufuzini ko‘tarish hamda o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbirda yig‘ilgan maktab direktorlari va ta’lim tashkiloti rahbarlari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu