Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari Bosh qomusimizdagi sohaga doir muhim huquqiy normalar bilan tanishtirildi

11-sentabr 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning mas’ul xodimlariga Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini yanada kengroq tushuntirish maqsadida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi hamda mas’ul davlat organlari tashabbusi, shuningdek, yetakchi ekspert-mutaxassislar boshchiligida tashkil etilgan seminar davomida tinglovchilar Bosh qomusimizdagi muhim konstitutsiyaviy normalar bilan tanishtirildi.

Jumladan:

Konstitutsiyadagi moddalar soni amaldagi 128 dan 155 taga, normalar soni 275 dan 434 taga oshirilib, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortgani;

kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 barobar ko‘paygani;

imkoniyati cheklangan bolalarga o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiyaning ta’minlanishi alohida belgilab qo‘yilgani;

Davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilgani tushuntirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar davlatimizning yanada taraqqiy etishi bilan bir qatorda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 685 mingdan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi, ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu