Sayt test rejimida ishlamoqda

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Musiqa fakultetining va o’zbek madaniyat uyining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

3-sentabr 2023-yil
image

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi va yig’ilganlarni tabriklab, ularga yangi o’quv yilida muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so’ng vazir universitetning yangi o’quv yiliga tayyorgarligini ko’zdan kechirib, zarur tavsiyalarni berdi.

Ma’lumot o’rnida, Musiqa ta’limi fakulteti uchun 800 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi yangi o’quv yili uchun kapital rekonstruksiya qilindi va topshirildi.

O‘quv bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, zamonaviy jihozlangan o‘quv auditoriyalari, ma’ruzalar zali, ma’naviyat xonasi, kompyuter xonasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar zali, kutubxona, oshxona va shu kabi bir qator qulayliklar bilan to‘liq ta’minlangan.

Shu bilan bir qatorda universitetning asosiy binosi joylashgan hududida 500 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan talabalar oshxonasi qurib bitkazildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu