Sayt test rejimida ishlamoqda

Respublikamiz bo‘ylab barcha maktablarda "Mustaqillik darslari" bo‘lib o‘tdi

4-sentabr 2023-yil
image

Respublikamiz bo‘ylab barcha maktablarda "Mustaqillik darslari" bo‘lib o‘tdi

Darslar davomida o‘quvchilarga mustaqillikka erishish tarixi, istiqlol davrida bunyodkorlik hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

"Mustaqillik darslari"dan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, o‘zi yashab turgan maskandagi tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash, ulardagi Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.

Shuningdek, "Mustaqillik darslari"da jadidchilik harakati namoyandalaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munavvar Qori Abdurashidxonov va qatag‘on qurbonlarining hayot kechinmalari haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu