Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 64-maktabda tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

4-sentabr 2023-yil
image

Vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 64-maktabda tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi

Avval aytib o‘tilganidek, bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2023-2024-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova poytaxtimizdagi 64-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda ishtirok etdi hamda o‘quvchilarga o‘z dil izhorlarini bildirib o‘tdi:

- Avvalo, barchangizni boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan qizg‘in muborakbod etaman. Ayniqsa, ushbu maktabga ilk bor qadam qo‘ygan 150 nafar 1-sinf o‘quvchilarini, ularning ota-onalarini qo‘shaloq bayram bilan tabriklayman.

Bu yil eng asosiy e’tiborni o‘quvchilarga sifatli ta’lim berishga qaratamiz. Siz tahsil olayotgan mazkur maktabda joriy o‘quv yilidan boshlab Prezident va ixtisoslashgan maktablardagi yangi metodikalarga asoslangan baholash tizimi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

Katta faxr bilan aytishim lozimki, maktabingiz o‘quvchilari joriy yilda “Eng yaxshi xorijiy til maktabi” tanlovida tumanda 2-o‘rinni egalladi. O‘ylaymizki, kelgusi o‘quv yilida maktab jamoasining yutuqlari bundan-da ko‘p bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni yangi o‘quv yilida sifatli ta’lim olishga, kreativ, mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashib, muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan zamonaviy bilimlarni egallashga, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga chaqirib qolaman.

Yurtimizning buyuk kelajagi siz kabi bilimli va aqlli yoshlar qo‘lida ekan, sizlar bu ishonchni oqlash uchun tinimsiz o‘qib-izlanasiz. Ota-onangiz, xalqimiz sizlarga ishonadi!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu