Sayt test rejimida ishlamoqda

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari malakasi oshirilmoqda

21-avgust 2023-yil
image

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari malakasi oshirilmoqda

 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan qator xorijiy hamkor tashkilotlar  ko‘magida 5-11-sinf informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik adabiyotlari  mahalliylashtirildi.

Ayni vaqtda mazkur darsliklardan foydalanish  yuzasidan respublikamizning 500 nafar informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun kaskad usulida trening tashkil etilmoqda.

Treninglarning 1-bosqichi joriy yilning 21-23-avgust kunlari respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 30 nafar  o‘qituvchilar uchun Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda.

Mazkur treninglarning 2-bosqichi 28-30-avgust kunlari viloyatlardagi Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida respublikada malaka oshirgan 30 nafar trenerlar tomonidan 470 nafar o‘qituvchilar uchun kaskad usulida davom ettiriladi.

Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilariga  yangi darsliklardan foydalanish bo‘yicha videokurslar ishlab chiqildi. Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining LMS platformasiga joylashtirilgan videokurslar orqali o‘qituvchilarga onlayn shaklda o‘qish imkoniyati yaratildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu