Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

22-avgust 2023-yil
image

Savol: Men ingliz tilidan dars berish uchun umumta’lim maktabiga ishga kirmoqchiman. Bu yil ishga kirishda bizdan B2 darajadagi sertifikat talab etiladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sifatini baholash, lisenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi. 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 312-sonli Qarori qabul qilingan.

Mazkur Qarorning 9-bandiga muvofiq:

– 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab, davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishga yangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi,

– 2024/2025-o‘quv yiliga qadar esa umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining davomiyligini ta’minlash, o‘qituvchilarga imkoniyat yaratish maqsadida B2 darajadagi  milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan chet tili fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu