Sayt test rejimida ishlamoqda

Respublikamiz bo‘ylab mas’ullarning korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

24-avgust 2023-yil
image

Respublikamiz bo‘ylab mas’ullarning korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, huquqni muhofaza qilish organlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, soha mas’ullari tomonidan turli qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bundan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari rolini yanada oshirishdan iboratdir.

Tadbir davomida:

– korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari,

– jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish,

– davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish,

–korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar chek qo‘yish,

– ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish,

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash xususida fikr-mulohaza yuritildi.

Shuningdek, uchrashuvlar doirasida "Nafs iskanjasi" nomli videorolik namoyish etildi va ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikrlariga quloq tutildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu