Sayt test rejimida ishlamoqda

“Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi

18-avgust 2023-yil
image

Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi. 

Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

– “Maqsadlarga intilish” testi,
– “Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi, 
–“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi, 
–“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
– “O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi, 
–“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
– “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi, 
– “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi, 
–“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
– “O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
– “Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

“Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu