Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

11-avgust 2023-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. 

Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu