Sayt test rejimida ishlamoqda

Hilola Umarova  Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi

10-avgust 2023-yil
image

"Bog‘chaga borgan bolaning ko‘zlari, madaniyati, bilimi, intilishi va dunyoqarashi boshqacha bo‘ladi” — Prezident

Ayni damda Buxoro viloyatida bo‘lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova  Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. 

Vazir mazkur ta’lim muassasasi faoliyati va bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Mazkur bog‘chaga belgilanganidan ortiq navbatda turish holati bo‘lgani sababli vazir keyingi yillarda mazkur ta’lim tashkiloti uchun qo‘shimcha bino qurib berish taklifini investisiya dasturiga kiritish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berdi.

Ma’lumot o‘rnida,  Buxoro shahrida joylashgan 76-sonli davlat MMT 1969-yilda qurilgan bo‘lib, unda ayni vaqtda 232 nafar bolajonlar ta’lim-tarbiya olishmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu