Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxsus maktab-internat o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Yozgi sport o‘yinlarida ishtirok etishmoqda 

26-iyul 2023-yil
image

Maxsus maktab-internat o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Yozgi sport o‘yinlarida ishtirok etishmoqda 

Joriy yilning 23-31-iyul kunlari Rossiya Federasiyasida Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar o‘rtasida Yozgi sport o‘yinlari o‘tkazilishi belgilangan.

Toshkent shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 101-,102- hamda 106-maktab-internat o‘quvchilari va bitiruvchilaridan tashkil topgan jamoa mazkur sport o‘yinlarida ishtirok etmoqda. 

Ishtirokchilarimizga yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, sportning barcha turlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishini tilab qolamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu