Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxsus maktab-internat tarbiyalanuvchilari o‘rtasida paralimpiada tashkil etiladi

25-iyul 2023-yil
image

Maxsus maktab-internat tarbiyalanuvchilari o‘rtasida paralimpiada tashkil etiladi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining ikkinchi mavsumi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.

Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari hamda Toshkent shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Unda mazkur musobaqalarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, o‘tkazish tartibi, musobaqa nizomi va qulay sport turlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu