Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi

27-iyul 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi

 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xizmat safari bilan Farg‘onada bo‘lib, viloyatdagi bir nechta ta’lim maskanlari bilan tanishdi.

Vazir xizmat safari davomida 16- va 40-umumta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktablarning test jarayonlari o‘tkaziladigan obektlar, Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo‘ldi. 

Shu bilan birga, EKO shaharchada qurilish ishlari olib borilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablarni ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Farg‘ona shahrida 11 yashar qizchaning fojiali taqdiriga kuyinib,  hamdardlik bildirish maqsadida uning oilasida bo‘ldi. Qizaloqning onasi bilan yaqindan suhbatlashib, oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning Farg‘ona viloyatidagi xizmat safari davom etmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu