Sayt test rejimida ishlamoqda

Qanday bolalar inklyuziv ta'limga qamrab olinadi va qabul jarayonlari qanday amalga oshiriladi?

25-iyul 2023-yil
image

Bolalarni inklyuziv maktabga qabul qilish uchun ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yashash joyidagi hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga murojaat qiladi.

Bolalar inklyuziv maktabga Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga asosan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan o‘quv yili davomida qabul qilinadi.

Inklyuziv maktablarga boshqa viloyat hududidan kelayotgan bolalar maktab joylashgan hududning psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi yo‘llanmasiga asosan qabul qilinadi.

Bolani inklyuziv maktabga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;

2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosaci;

3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;

4) taʼlim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (taʼlim muassasalarida o‘qiyotgan bolalar uchun);

5) o‘qish joyidan taʼlimning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, o‘quvchiga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan maʼlumotnoma va tavsifnoma (taʼlim muassasalarida o‘qiyotgan bolalar uchun);

6) o‘quvchining yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal (to‘liq) ko‘chirma.

Inklyuziv maktablarga qanday bolalar qabul qilinadi?

Inklyuziv maktablarga eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

somatik kasalliklar (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos keladigan bolalar);

nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (intellektual rivojlanishning saqlanib qolingan bolalar, alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar serebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);

aqliy rivojlanishi saqlangan holdagi tayanch-harakat tizimidagi buzilishi bo‘lgan bolalar;

aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar serebral falaji);

intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar;

xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar;

intellektual rivojlanishi saqlanib qolingan, tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar (agar bola antikonvulsant dorisini qabul qilganda, tutqanoq 1 oyda 1 martadan oshmagan paytda).

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu